Mbappe: "Eng yodda qolgan golim — "Real"dagi ilk golim"
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa safida urgan eng yodda qolgan goli haqida gapirdi.
"Ko‘pincha so‘nggi golimni aytaman. Ammo bu safar "Santyago Bernabeu"da "Betis" darvozasiga urgan ilk golimni ta’kidlamoqchiman. U paytda aynan shu gol "Real"dagi faoliyatimga start bergan edi. Bu men uchun juda yoqimli xotira", — dedi frantsiyalik futbolchi "Marca" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Mbappe 2024 yil yozida "Real" safiga qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2029 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum La Ligada u 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.
Fikrlar