Mbappe Frantsiyada "Yil futbolchisi" deb topildi
PSJ klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe France Football nashri tomonidan Frantsiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
21 yoshli futbolchi mukofotni qabul qilib olgach quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Odamlar meni o‘zgargan deb o‘ylashadi, ammo, bunday emas. Men hali ham jamoamga maksimal darajada foyda keltirishga harakat qilaman”, - deydi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Mbappe PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 106 ta o‘yinda ishtirok etdi va 78 ta gol hamda 41 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar