Mbappe jahon chempionatining katta rekordiga tayyorlanyapti
Frantsiya milliy terma jamoasi va Madriddning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe kelasi yozda jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Hozirgi vaqtda 27 yoshli forvard jahon chempionatlarida 12 ta gol urgan.
Rekord esa Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozega tegishli — 16 ta gol.
- Menga jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish uchun atigi to‘rtta gol kerakmi? Bu haqida o‘ylashning o‘ziyok juda ajoyib.
Men uchun jahon chempionati — eng muhim musobaqa, barcha davrlarning eng buyuk futbolchilari bellashuvidir.
Menga shunday turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishim mumkin deyishsa, bunga ishonishim qiyin edi.
Men faqat real narsalar haqida o‘ylayman: jamoamga g‘alaba qozonishga yordam berish va yana finalga chiqish, — dedi Mbappe.

Fikrlar