
Mbappe kelajagi haqida jo‘shqin fikr bildirdi
Kilian Mbappe faoliyatidagi yangi davrdan nimalarni umid qilayotgani haqida gapirdi.
Hujumchi mavsum yakunida PSJni tark etishini ma’lum qildi. Katta ehtimol bilan u "Real"ga o‘tadi.
"Frantsiyani tark etib, ko‘p narsani yo‘qotaman. Biroq ko‘p narsaga erishaman ham. Men jarayonni katta qiziqish bilan kutaman. O‘ylaymanki, meni kutayotgan voqealar o‘zgacha va sehrli bo‘ladi", -dedi Mbappe "TF1" telekanalida.
Qayd etish lozim, futbolchi shu yozda PSJni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan. U "Real" safiga o‘tish arafasida.
Fikrlar