Mbappe: "Men Rafinya va Dembelеga qaraganda ko‘proq gol uraman"

  • 08.09.2026 15:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Rafinya va Usman Dembele bilan taqqoslash haqida berilgan savolga ishonch bilan javob qaytardi. Frantsiya terma jamoasi yulduzi o‘z o‘yinida pressing bo‘yicha hali ishlash kerakligini tan oldi, biroq shu bilan birga gol urishdagi ko‘rsatkichlari bilan ajralib turajagini ta’kidladi.

«Albatta, menga pressing bo‘yicha yana ko‘proq mehnat qilish kerak. Lekin shuni ayta olamanki, men Rafinya va Dembelega qaraganda ko‘proq gol uraman. Demak, mening darajamga chiqish uchun ular ko‘proq gol urishlari kerak. Bunday taqqoslashlarni yoqtirmayman. Men boshqalar qilmaydigan ko‘p ishlarni qilaman. Agar hammasini solishtirishga tushib olsak, bu bahs hech qachon tugamaydi», – deya ta’kidladi Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!