Mbappe Peledan so‘ng 400 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi

  • 14 noyabr, 07:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe professional faoliyatidagi 399 va 400-gollarini urdi. Bu 2026 yilgi jahon chempionati saralashining 5-turidan o‘rin olgan Ukrainaga (4:0) qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi.

Tecno

Shu tariqa, Mbappe 26 yoshida afsonaviy Peledan keyin futbol tarixida bu ko‘rsatkichga erishgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi va 27 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida bu natijani qayd etgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Mbappening hisobida "Monako" safida 27 ta, "Real" safida 62 ta va PSJ safida klublar miqyosida 256ta gol bor. Shuningdek, u Frantsiya terma jamoasi safida 55 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!