
Mbappe Polshaga qarshi baxsda maydonga tushishi mumkin
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Evropa chempionatining 3-turida Polsha bilan o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda "RMC Sport" nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham 2-turda Niderlandiya bilan o‘yinda asosiy tarkibni o‘zgartirdi. Ammo, bu safar tavakkal qilgan holda, Mbappeni asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi.
Kilian 1-turdan o‘rin olgan Avstriya bilan o‘yinda frantsuzlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvida burnini sindirib olgandi. Shundan so‘ng hujumchi uchun o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan maxsus himoya niqobi tayyorlandi. Biroq, Niderlandiya bilan uchrashuvda Mbappe zaxirada qoldi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni frantsuzlar Polsha bilan "Evro-2024" guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.
Fikrlar