
Mbappe "Real" muxlislarini xursand qiladigan gap aytdi
"Real Madrid"ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe klub safida ikkita sovrin: UEFA Superkubogi va FIFA Qit’alararo kubogini qo‘lga kiritgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Eng muhimi - bu unvonlar hisoblanadi. Gollar ularni qo‘lga kiritishga yordam beradi. Biroq, jamoa har doim birinchi o‘rinda turadi. Biz juda muhim sovrinni qo‘lga kiritdik. Joriy mavsum qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan ettita sovrindan dastlabki ikkitasini qo‘lga kiritdik.
Tanaffusdan qaytganimizda Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz, - dedi hujumchi.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" kecha Qit’alararo kubok finalida "Pachuka" bilan bahs olib bordi. Yakunda Madridliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdik.
Fikrlar