
Mbappe "Real"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe yakunlangan sentyabr oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Qayd etish lozimki, 25 yoshli futbolchi o‘tgan oy "qirollik klubi" safida jami beshta o‘yinda qatnashib, oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiyalik hujumchi "Real"da oyning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayonida jamoadoshlari - Vinisius Junior, Rodrigo Goes, Daniel Karvaxal va Eder Militaodan o‘zib ketdi.
Mbappe "Real" safiga joriy yoz PSJdan ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Kilianning bozor qiymati 180 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar