
Mbappe "Real"ga o‘tadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o‘tadi. "Sport.fr" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" parijliklar bilan 24 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olgan.
Liga 1 chempioni "qaymoqranglilar"dan yaxshigina pul oladi, uning miqdori oshkor etilmagan. "Real Madrid"da Mbappe yiliga 35 million evro ishlab topadi va bu frantsuzni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi.
Kilianning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Kilian 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar