Mbappe “Real”ga qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 20 may, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer olamida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi bo‘lsa kerak.

Tecno

Bernabeu Digital nashri, bu borada yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” 24 yoshli forvardni kelasi yil yozgi transferlar uchun asosiy nomzod sifatida belgiladi.

Bu yil madridliklar Mbappeni olishga harakat qilmaydi. O‘z navbatida, PSJ rahbariyati yangi loyihani Kilian atrofida shakllantirishga qaror qilgan va yozda Mbappe bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Kilian Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha imzolangan. Transfer mutaxassislari shartnomada hujumchi 2024 yilda PSJdan ketish imkoniyati berilgan bandga ega ekanini ta’kidlamoqda.

“Real” Mbappe uchun katta badal puli to‘lamoqchi emas. Madridliklar Kilian PSJ bilan shartnomani bekor qilib, erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishini istaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!