Mbappe: "Real"ni mag‘lub etmoqchiman!

  • 07.02.2022 16:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Men hali bir qarorga kelganimcha yo‘q. O‘ylaymanki, Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng ko‘p narsa o‘zgaradi. 

Garchi 1 yanvardan buyon istagan klubimiz bilan muzokara o‘tkazishga haqli bo‘lsam-da, bunday qilishni istamayman. E’tiborim hozir faqatgina PSJga qaratilgan. Men parijliklar safida "qirollik klubi"ni mag‘lub etishga harakat qilaman. Qolganini keyin ko‘ramiz",-dedi frantsiyalik futbolchi.

23 yoshli hujumchi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. U PSJ safiga 2018 yildan beri to‘p tepib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!