Mbappe so‘nggi 20 yil ichida Frantsiya chempionatida to‘purar bo‘lgan 6-frantsuz bo‘ldi

  • 25 may, 2019, 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ forvardi Kilian Mbappe yakunlangan mavsumda 33ta gol urdi va Frantsiya chempionatining to‘purari bo‘ldi.

Tecno

20 yoshli frantsuz bu borada "Lill" forvardi Nikolya Pepe (22) va ugurvaylik jamoadoshi Edinson Kavanilarni (18) ortda qoldirdi.

E’tiborlisi, Mbappe so‘nggi 20 yil ichida Frantsiya chempionatida to‘purar bo‘lgan 6-frantsiyalik futbolchi bo‘ldi.

1. Jibril Sisse (2001/02, 2003/04)

2. Karim Benzema (2007/08)

3. Andre-Per Jinyak (2008/09)

4. Olive Jiru (2011/12)

5. Aleksandr Lyakazett (2014/15)

6. Kilian Mbappe (2018/19).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!