Mbappe terma jamoaga chaqirtirilmaganining asl sababi oshkor bo‘ldi

  • 8 noyabr, 2024, 17:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli ispaniyalik jurnalist Xose Luis Sanches “Real” hujumchisi Kilian Mbappening Franutsiya terma jamoasiga chaqirtirilmagani asl sababini aytdi.

Ma’lumki, frantsuzlar UEFA Millatlar ligasi doirasida 14 va 17 noyabr kunlari Isroil hamda Italiya terma jamoalariga qarshi saf tortadi.

- Kilian Mbappe o‘zaro suhbatda terma jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamga o‘zining optimal sport formasini tiklab olishi kerakligini aytgan. Aynan mana shu sabab tufayli Dide Desham 25 yoshli hujumchini ro‘yxatga kiritmadi, - deb yozdi Xose Luis Sanches.

Mbappe oktyabr oyidagi yig‘inlarda ham ishtirok etmagan edi. Biroq Kilian o‘sha paytda tungi klublarda yurgani futbol jamoatchiligi tomonidan keskin tanqid qilindi.

Mbappe Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan hisoblanadi. Hozircha, Kilian xalvaro miqyosda 86 marotaba o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 48 ta gol yozdirib qo‘ygan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!