Mbappe: Topshiriq bajarildi, Oliseni "Real"ga o'tishga ko'ndirdim

  • 23.07.2026 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe klub prezidenti Florentino Peresga «Bavariya» yulduzi Maykl Oliseni madridliklar safiga qo‘shilishga ko‘ndirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Bild.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu suhbat Jahon chempionati paytida, Mbappe va Olise Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan bir paytda bo‘lib o‘tgan. Mbappe do‘sti transferi masalasida qat’iy turib olgani aytilmoqda. U musobaqa davomida deyarli har kuni «Bavariya» hujumchisi bilan muloqot qilib, Ispaniya grandiga o‘tishning afzalliklarini tushuntirgan.

Manbalarga ko‘ra, Mbappe Olisega «Real» unga muhtoj ekanini ta’kidlagan, shu bilan birga Madriddagi hayotni ham maqtagan — shahar muhiti, restoranlar va iqlim haqida ijobiy fikr bildirgan.

O‘tgan mavsumda Olise «Bavariya» tarkibida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 52 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida 22 ta gol urdi va 31 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!