
Mbappe va Bellingem kelsa, men “Real”ni boshqaraman!
“Liverpul”ni 2015 yildan beri boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp yozda jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Germaniyalik mutaxassis xizmatlariga “Real” qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Karlo Anchelotti bilan xayrlashmoqchi.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” allaqachon Klopp bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik mutaxassis agar madridliklar Kilian Mbappe va Jud Bellingemni olib kelsa, jamoani qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.
PSJ va “Borussiya” etakchilariga aylangan bu ikki futbolchi bugungi kunda jahon futbolida eng qimmatbaho o‘yinchilar hisoblanadi.
Fikrlar