Mbappe va Neymarning qachon maydonga qaytishi aniq, Messi-chi?

  • 27.12.2022 08:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionati 16-turida PSJ o‘z maydonida "Strasburg"ni mehmon qiladi.

"RMC Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar tarkibida Kilian Mbappe hamda Neymar mazkur bellashuvda maydonga tushishi mumkin. Yakuniy qaror ertangi mashg‘ulotdan so‘ng qabul qilinadi.

Mbappe chorshanbadan beri, Neymar payshanbadan buyon jamoa bilan birga shug‘ullanmoqda. Futbolchilar Qatardan qaytib kelgach, tibbiyot xodimlari ularni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazgan, barchasi joyida. Biroq jamoaning boshqa yulduzi Lionel Messining qachon maydonga qaytishi hali so‘roq ostida turibdi.

Bahs 28-dan 29 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!