Mbappe va Yamaldan zo‘ri chiqib qoldi

  • 13 sentabr, 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi rasmiy sayti yangi mavsum doirasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Bu “Vilyarreal” hujumchisi Nikolya Pepe bo‘ldi.

Tecno

Pepe chempionatning dastlabki uch turida raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshiga bitta golli pas uzatdi.

Ivuarlik forvarddan tashqari bu individual sovringa yana to‘rt o‘yinchi – “Real”dan Kilian Mbappe, “Barselona”dan Lamin Yamal, “Atletik Bilbao”dan Niko Uilyams va “Espanol”dan Pere Milya da’vogarlik qildi.

30 yoshli Pepe “Anje” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Frantsiyada bu jamoadan tashqari “Orlean” “Lill”, “Nitstsa” kabi klublarda o‘ynagan. Pepening yulduzli davri Londonning “Arsenal” klubida o‘ynagan yillarga to‘g‘ri keldi.

Keyinchalik bu hujumchi Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasida o‘ynab, 2024 yilning yozida erkin agent maqomida “Vilyarreal”dan qo‘nim topdi.  Shu paytga qadar ispan klubida 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!