Mbappedan PSJga yana bir zarba
PSJ rahbariyati va Kilian Mbappe o‘rtasida futbolchining kelajagi masalasida yuzaga kelgan ziddiyat borgan sari kuchayib bormoqda.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, PSJ rahbariyatining Kilian Mbappeni jamoada olib qolish uchun yana bir tashabbusi 24 yoshli hujumchi tomonidan rad etildi.
Parijliklar bu gal Mbappega yangicha shartnoma berib, unda kelasi yil yozda o‘yinchini sotib yuborish majburiyati to‘g‘risidagi bandni ham kiritgan edi. Bu shartnoma Mbappe tekinga qo‘ldan chiqib ketmasligini ko‘zlab, taklif etildi.
Mbappe klubning bu taklifini ham qabul qilmadi. Kilian faqat “Real”ga o‘tmoqchi. Madridliklar uni kelasi yil yozda erkin agent sifatida kelishini istayapti.

Fikrlar