Mbappega o‘rinbosar topildi

  • 15.10.2021 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" klubi "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsuz grandi 21 yoshli serbiyalik futbolchini tez orada “Real”ga ketishi kutilayotgan hujumchi Kilian Mbappega munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Aytish kerakki, frantsiyalik futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi.

PSJ nashel zamenu Mbappe v Italii

Vlaxovich bu mavsum "Fiorentina" safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning florentsiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!