Asosiy mazmunga oʻtish

Mbappega qaram emasmiz!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O‘tkir fikr

PSJ markaziy himoyachisi Presnel Kimpembe jamoa etakchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

24 yoshli hujumchi jarohat tufaylik parijliklarning so‘nggi uch uchrashuvida qatnashmadi. Jamoa “Tuluza”ni 2:1 hisobida qiyinchilik bilan engib, “Marsel” (1:2) va “Monako”ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

- Jamoa Mbappega qarammi: Biz bir jamoamiz. Mbappe nafaqat jamoaning, balki butun bir loyihaning  muhim o‘yinchisi bo‘lishi mumkin, lekin uchrashuvda 11 ta futbolchi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi va zaxiradagilar ham yordam beradi. Hozir biz Kiliansiz o‘ynashimiz kerak va buni to‘g‘ri qabul qilamiz, - dedi Kimpembe.

Avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi Parijda bo‘ladigan uchrashuvda ham qatnasha olmasligini ma’lum qilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q