
Mbappeni yomon aldashdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘tgan yozda “Real”ga ko‘chib o‘tmaganidan rosa pushaymon ekan. Bu haqda The Athletic nashri jurnalisti Mario Kortegana ma’lum qildi.
- Mbappe PSJda qolganiga afsuslandi. Chunki hozirgi loyiha unga va’ada qilinganidan tubdan boshqacha bo‘lib chiqdi va Kilian o‘zini aldangan his qilmoqda.
U qachondir “Real”da o‘ynashni istaydi. Madrid klubi doim futbolchi atrofidagi yaqinlari bilan aloqani ushlab kelmoqda.
Bu transfer yozda amalga oshirilishi haqida ko‘p gapirilyapti. Lekin menga buning imkoni yo‘qligini aytishdi.
Avvalo, Mbappening o‘zi nima qilmoqchi ekanini bilish kerak. U hamkorlikni 2025 yilning yozigacha davom ettirarmikin. Bu bir tomonlama qaror bo‘ladi. Nima bo‘lishini bilish uchun oxirigacha kutish kerak, - deb yozdi Mario Kortegana.
Fikrlar