Mbappening onasi “Real”dan bir necha yulduzlardan ko‘p maosh olyapti

  • 09.02.2026 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi jamoa hujumchisi Kilian Mbappening onasi Fayza Lamariga soliqlardan keyin yiliga 4,5 million yevro miqdorida maosh to‘layapti.

Bu haqida A Bola nashri xabar berdi.

Fayza xonimning yillik maoshi  “Real” asosiy tarkibidagi sakkiz nafar futbolchi ter to‘kib olayotgan mablag‘dan ko‘pligi aytilmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe onasidan kam maosh oladigan futbolchilar orasida Andrey Lunin, Fran Garsiya, Raul Asensio, Arda Gyuler, Franko Mastantuono, Braim Dias, Gonsalo Garsiya va Endrik bor.

Xabar qilinishicha, Lamarining maoshi Mbappening bir mavsumda oladigan 15 million yevrodik maoshining 30 foizini tashkil etadi. U aslida o‘g‘lining maoshining 50 foizini talab qilgan, chunki u o‘zi o‘g‘lining  menejeri hisoblanadi. Biroq Kilian bu talabga ko‘nmagan, o‘zi va klub uchun qulay shartlarda kelishuvga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!