
Mbappening o‘rniga "Bavariya" futbolchisi
Yozgi transfer oynasida Kilian Mbappe PSJni tark etib, "Real"ga o‘tishi haqidagi xabarlar OAVda keng tarqalmoqda.
Parij grandi 25 yoshli forvardning ketishini hisobga olgan holda allaqachon uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. "Transfer News Live" portali xabariga ko‘ra, "qizil-ko‘klar" Serj Gnabrini asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.
Serj Gnabri hozirda "Bavariya"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u 11 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi. Nufuzli "Transfermarkt" 28 yoshli germaniyalikni 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar