Mbappening rekordi sindi. Undan zo‘ri chiqib qoldi

  • 16.09.2021 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem PSJ yulduzi Kilian Mbappening Chempionlar ligasidagi rekordini sindirdi.

“Beshiktosh” darvozasini ishg‘ol qilgan angliyalik vunderkind “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasining ikkita uchrashuvida ketma-ket gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shu kuni dortmundliklar yarim himoyachisi 18 yoshu 78 kunlik edi.

Avvalgi rekordni Kilian Mbappe 2017 yilda 18 yoshu 85 kunligida “Monako”da qayd etgan edi.

Bundan tashqari, Jud Bellingem Chempionlar ligasining safar uchrashuvida gol urgan eng yosh angliyalik futbolchiga ham aylandi.

“Borussiya”da porlayotgan Jud Bellingemni Angliya grandlari o‘z yurtiga qaytarishga intilmoqda. Mutaxassislar yozda bu futbolchining bozori qizishini taxmin qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!