MDH o‘yinlari. Bugun 7 nafar bokschimiz final bahslarini o‘tkazadi

  • 5 sentabr, 2021, 09:06
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba MDH o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Tecno

Ushbu musobaqada Bekzod Xidirov boshchiligidagi o‘zbekistonlik o‘smir bokschilar ham qatnashishmoqda. Bugun musobaqa doirasida final bellashuvlari o‘tkaziladi.

Unda 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurash olib boradi:

-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farrux To‘laganov
-57 kg: Qahramon Fozilov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
+80 kg: Ravshanjon Soliev

Final bahslari Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Bungacha Umidillo Abdurasulov (-60 kg) va Jafarbek Shaxbozov (-66 kg) bronza medalini qo‘lga kiritib ulgurishdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
05/09/2021 10:49
Омад. Энди фақат ғалаба ва олтинларни кутиб қоламиз. Олға...