Meksikadagi namoyishlar jahon chempionatiga qanday ta'sir qiladi?

  • 24.02.2026 10:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

BBC ekspertı, Nottingem universiteti jinoyat huquqi kafedrasi dotsenti Xavyer Eskauriyatsa Meksikadagi tartibsizliklar JCh-2026ga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida gapirdi. Meksikaning bir qator shaharlarida narkokartel yetakchisi Nemesio Osegera Servantesning yo‘q qilinishi haqidagi ma’lumotlardan keyin norozilik namoyishlari boshlandi.

"Umuman olganda, kartellar futbol bo‘yicha jahon chempionatini tinch o‘tkazishdan iqtisodiy foyda ko‘rishdan manfaatdor. To‘g‘ri, ular siyosatchilarni va mahalliy politsiyani sotib olishadi, ular restoranlarni ham harid qilishadi, mehmonxonalarga ham egalik qilishadi. Ular iqtisodiy tizimning bir qismidir." Agar britaniyaliklar, amerikaliklar va boshqalar Meksikaga borib, pullarini sarflab, vaqtlarini yaxshi o‘tkazishsa, bu ularga foydali bo‘ladi", - deya Eskauriyatsning so‘zlarini keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, Meksika 2026 yildagi jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan uch davlatdan biri hisoblanadi. Shuningdek, turnir o‘yinlariga AQSh va Kanada mezbonlik qiladi. JCh-2026 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!