Meksikadagi UFC turniri bekor qilinishi mumkin: Mexiko shahrida tartibsizliklar avj olmoqda!

  • 23.02.2026 11:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC tomonidan Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan "UFC Mexico" turniri hozircha 1 mart sanasida qolmoqda. Shu bilan birga, mamlakatdagi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tadbir logistikasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, narkokartel yetakchilaridan biri — "El Mencho" yo‘q qilinganidan so‘ng ayrim hududlarda javobiy zo‘ravonlik avj olgan. Bir qator shtatlarda blokpostlar o‘rnatilib, transport qatnovida uzilishlar kuzatilmoqda. Eng jiddiy to‘qnashuvlar Mexiko shahridan tashqari hududlarda qayd etilgan bo‘lsa-da, vaziyat tez o‘zgarib boryapti.

Shu sababli muxlislar va Mexikoga safar rejalashtirayotganlardan haftaning qolgan qismi davomida UFC, aviakompaniyalar va mahalliy hokimiyatlar tomonidan beriladigan rasmiy yangiliklarni diqqat bilan kuzatib borish so‘raldi. Qo‘shimcha xavfsizlik choralar yoki transportdagi muammolar turnirni tashkil etish jarayoniga ta'sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!