
Men “Barsa” xo‘jayiniga yoqmayman!
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman klub prezidenti Joan Laporta uni ketkazish uchun ishlaganini oshkor qildi.
- Men Laportaga yoqmaydigan murabbiyman. Boshidan buni sezgandim. Yuqoridan qo‘llab-quvvatlashlarni his qilganim yo‘q.
Men uchun pul asosiy omil emas. “Barselona”da murabbiy sifatida natija ko‘rsatish uchun qo‘limdan kelganini qilmoqchi edim. Lekin keyinchalik Laporta mendan qutilmoqchiligini tushunib qoldim, chunki meni u tayinlamagan edi.
Laporta menga Xavini tajribasi etishmasligi uchun bosh murabbiy qilmasligini ming marta aytgan. Unga yashirinish uchun qalqon kerak edi xolos, - dedi Ronald Kuman.
Kuman kataloniyaliklarni 2020 yilning avgustida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya kubogini yutdi, chempionatda bronza medalga sazovor bo‘ldi. Niderlandiyalik murabbiy 2021 yilning oktyabrida iste’foga chiqarildi.
Fikrlar