
“Men bunaqasiga ko‘nikmaganman!” O‘yin qahramoni Fayzullaev yana nimalar dedi?
TsSKA Rossiya kubogi chorak finalining javob uchrashuvida “Rubin” vakillarini 3:0 hisobida engib, bosh sovrin uchun yurishni davom ettiradigan bo‘ldi.
Bellashuv -6 daraja sovuqda o‘tkazilganiga qaramay, maydonda qizg‘in kurash kechdi. Uchrashuvda supergol urgan va eng yaxshi futbolchi sovrini bilan taqdirlangan Abbosbek Fayzullaev rossiyalik jurnalistlarga intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
— Biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, diqqatimizni jamlab oldik, chunki avvalgi bahslarda o‘zimizni etarli darajada ko‘rsata olmagandik.
Avvalgi o‘yinlar shunchaki tasodif ekanini ko‘rsatishni istagandik, bu gal esa, shunday sovuqda bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelgan muxlislarni xursand qilishimiz shart edi. Muxlislarga rahmat.
— Sovuq o‘yinga ta’sir qildimi?
— O‘yinni boshlab yuborgandan keyin sovuq sezilmaydi, chunki qiziqishib olgan bo‘lamiz. Baribir sovuqda o‘ynash og‘ir, men bunaqasiga ko‘nikmaganman. “Rubin” bilan har bir o‘yin qiyin bo‘ladi. Ularning tarkibi kuchli.
— Qaysi vaziyatlarda yaxshi o‘ynadinglar?
— Hujumni yakunlashda, bu g‘alaba keltirdi.
— Bu jamoaga turtki beradimi?
— Ha, avvalgi o‘yinlarda o‘zimizni ko‘rsata olmagandik.
— Bosh murabbiy Marko Nikolich jamoani tayyorlash uchun nimadir dedimi?
— Ham, bu uchrashuv bizga ham, muxlislarimiz uchun ham muhimligini ta’kidladi.
— Ko‘p uchrashuv o‘tkazish qanchalar og‘ir?
— Og‘irligi bor, ba’zan tanang “gapga kirmay” qo‘yadi.
— Omadsiz o‘yinlar bu qandaydir krizisga bog‘liqmi?
— Chempionatda ko‘p narsa o‘xshamayapti, lekin bu o‘yinda teskarisi bo‘ldi.
— Jamoadagi roling o‘zgardimi?
— Agar ikki hujumchi bilan o‘ynasak, o‘zimni ancha erkin his qilaman.
— Uzoqdan beriladigan zarbalar sening kuchli tomoning ekaniga qo‘shilasanmi?
— Ham, menga shunday zarba berish yoqadi. Tavakkal qilishni yaxshi ko‘raman. Gol chiroyli chiqadimi yoki yo‘q, buning ahamiyati yo‘q, muhimi gol urish.
— O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yining ham yaxshi chiqyapti …
— Ha, butun O‘zbekiston orzusini amalga oshirib, jahon chempionatiga chiqmoqchimiz.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasidagi uchrashuvlarda jami 21 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va oltita assist ramiylashtirib qo‘ydi.
Ayni paytda transfermarkt.world portali o‘zbek legionerini 6 million evroga baholamoqda. Ushbu portal transfer summasi ma’lumotlarini yana yangilasa, Abbosbek Fayzullaevning narxi ko‘tarilishi kutilyapti. Legionerimiz hozirning o‘zida Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.
Supergol urgan Fayzulllaevning o‘yini qanday baholandi?
Evropa superklubi Husanov transferi bo‘yicha ish boshladi. Yanvarda yangilik bo‘ladimi?
Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?
Fikrlar