
Evropa superklubi Husanov transferi bo‘yicha ish boshladi. Yanvarda yangilik bo‘ladimi?
O‘zbek futbolchilari orasida Abduqodir Husanov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi e’timoli oshib bormoqda. “Lans”da o‘ynayotgan himoyachiga Evropaning bir necha klublari ko‘z tikmoqda. Aksariyat manbalar PSJ rahbariyati legionerimiz transferi bo‘yicha ish boshlagani haqida ma’lumotlar chiqara boshladi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Evropa nashrlari va futbol ekspertlarining Husanov kelajagigi oid axborotlarini havola etadi.
Iv-Aleks M'Para, football365.fr sayti eksperti:
PSJ “Lans” eshigini qoqmoqchi. Parijliklar qishki transferlar davrida faollik ko‘rsatishni maqsad qilgan. Poytaxt klubi bir necha yo‘nalishlarda tarkibni isloh qilishga bel bog‘lagan.
“Pari Sen-Jermen” nafaqat hujum chizig‘i, balki himoyaga ham o‘yinchi olishni rejalashtirmoqda. Ular “Lans”ning 20 yoshli futbolchisi Abduqodir Husanovni nishonga olgan.
Haqiqatan, iste’dodli legioner PSJ mutasaddilari e’tiborini tortdi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham, “Lans”da ham asosiy ustunlardan biriga aylangan.
PSJ sport direktori Luish Kampush bu transferni yanvarda amalga oshirish uchun o‘zbek futbolchisining manfaatlarini himoya qilayotgan mutasaddilar bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishga kirishdi.
Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrikega Husanovning biroz qo‘pol, lekin juda shiddatli va chekinmaydigan o‘yin uslubi juda ma’qul kelmoqda. Bu transfer orqali Abduqodir jamoa sardori Markinosga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.
Transfermarkt portali ekspertlari Husanovni 5 million evroga baholangan, lekin “Lans” o‘zining etakchi himoyachisi uchun bundan ancha katta summa talab qiladi.
Husanovning “Lans” bilan hamkorligi 2027 yilning iyunigacha davom etishi belgilangan. Ko‘p narsani lansliklar bosh murabbiyi Uill Stillning o‘yinchi transfer bo‘yicha qanday qarorga kelishi hal qiladi.
Kevin Karrer, dailymercato.com portali muharriri:
Abuqodir Husanov – Frantsiya chempionati kashfiyotlaridan biri sifatida PSJ va Luish Kampush nazariga tushdi.
20 yosh bo‘lishiga qaramay, katta iste’dod va salohiyat egasi ekanini namoyish qilib qo‘ydi. Uni Evropaning bir necha klublari kuzatib kelmoqda. Frantsiyada parijliklardan tashqari “Marsel” ham Husanovni o‘z safida ko‘rmoqchi.
Luish Kampush hamkorlik masalasida o‘zbek futbolchisining agentlari bilan uchrashgan. Biroq hali poytaxt superklubidan aniq taklif bo‘lgani yo‘q.
Lekin PSJ yanvarda markaziy himoyachi olishni rejalashtirgan. Husanov 20 million evroga baholanmoqda. “Lans” yil boshida moliyaviy feyr-pleyni ta’minlash uchun 40 million evro topishi talab etiladi. Ular bu masalani birgina Husanov transferi bilan yopishga urinib ko‘radi.
Mikael Rufet, allezparis.fr jurnalisti:
PSJning tajribali himoyachisi Milan Shkrinyar “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi va yanvarda Italiya chempionatiga qaytib ketishi kutilmoqda. Poytaxtliklar unga o‘rinbosar ham topib qo‘ydi.
Parijliklarga o‘naqay himoyachi kerak va ular Abduqodir Husanovni olishni istayapti. Luish Kampush transfer ma’lumotlarini so‘rab, “Lans”dagi hamkasblariga murojaat qildi.
Lansliklar asosiy himoyachisini yanvarda qo‘yib yuborishi qiyin masala. Agar bu transferni tez orada uddalashning imkoni topilmasa, PSJ bu ishni mavsum yakunlanganidan keyin davom ettiradi.
Patrik Chanxun, goal.com portali eksperti:
Qishki transferlar oynasi hali ochilgani yo‘q, lekin PSJ o‘ziga kerakli o‘yinchilar ro‘yxatini tuzib oldi. Parijliklar ko‘p gol o‘tkazayotgani bois, Evropa Chempionlar ligasida ham muammolarga duch kelmoqda.
Ularga Matvey Safonov va Janluiji Donnarummaga darvozasi daxlsizligini saqlashda yordam bera oladigan markaziy himoyachi kerak.
Bu borada poytaxtliklarga 20 yoshli o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov nomzodi juda yoqib turibdi. Chunki PSJ nishonida turgan yana bir nomzod – Tomas Arauxoni olishda etarlicha muammolar bor. “Benfika” qator grand klublar nazariga tushgan himoyachisini sotib yuborishga shoshilmaydi va maksimal darajada daromad olish uchun bu masalani yozda hal qiladigan bo‘ldi.
Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Abduqodir Husanov faoliyatini qaysi liga va qaysi jamoada davom ettirgani ma’qul? Fikrlaringizni bildiring...
Fikrlar
агарда псж асосий таркибга кафолат берса, псж