"Men kohin emasman, "Navbahor" futbolchilari to‘liqligicha finalni o‘ylamoqda". Sergey Lushchan Namangandagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng yana nimalar dedi?

  • 27 sentabr, 2024, 02:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Superligada 20-tur bahslari davom ettirildi. "Navbahor" jamoasi  o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda muxlislar oldida hamma uchun uzr so‘rayman. Bugun jamoamiz ikkinchi taymda ko‘rsatgan o‘yinini futbol deb bo‘lmaydi. Bugun maydonga barcha tajribali futbolchilarimizni tashladik va finalda kim maydonga tushishini ko‘rib oldik. Yoshlar borasida kimlar borligini bilamiz. Barcha tajribali futbolchilar bilan ilk bor harakat qildik. Hozir nimadir deyish qiyin. O‘rganib chiqamiz. Finaldan oldin antifutbol atamasini ishlatmoqchi emasman. Ular o‘zini finalda va asosiy tarkibda deb hisoblasa, adashadi. Hozircha tushuntira olmayman. 

- Bugun "So‘g‘diyona"ni engish uchun "Navbahor"da imkon bormidi? 

- Men kohin emasman. Agar o‘z darvozangizga ikkita gol ursangiz, qanday imkon bo‘lishi mumkin? Omadsiz xolat? Balki, shundaydir. Kimnidir nimadadir ayblamoqchi emasman. Menga bu qiziq emas. Bu gollar bizni ko‘mib tashladi. Birinchi bo‘limda raqib hech narsa taklif eta olmadi. Kurash bo‘ldi, biz Jizzaxda shu ishni uddalagan edik. Kurash markazda kechdi. Birinchi gol, ikkinchi golku umuman ko‘mib tashladi. Keyin jamoa sochilib ketdi. Ivanovich kutilmaganda o‘zgartirishni so‘radi. Bugun maydonda bo‘lgan narsalar bizning borimiz. 

- Bu o‘yin bilan "Navbahor" "Andijon"ni enga oladimi? 

- Siz o‘z savolingiz bilan savolingizga javob beryapsiz. Bilmadim, nima bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Albatta, bu o‘yin bilan yutib bo‘lmaydi. Hozir qizishib turganim uchun aql bilan fikrlay olmayman. Siz singari, biz ham buni ko‘rib turibmiz. "Paxtakor" bilan bahsdan keyin jamoani yig‘a olmayapmiz. U uchrashuvdan so‘ng "Lokomotiv"ni zo‘rg‘a engdik. "Navbahor" futbolchilari to‘liqligicha finalni o‘ylamoqda. Viloyat hokimi ham ular bilan uchrashdi. Oldinda 9 kun bor. Bilmadim, bunday o‘yin bilan yosh bolalar jamoasini enga olmaymiz. Himoyadagi muammolar meni havotirga solmoqda. To‘g‘risi, tushunmadim. 

- Ikkinchi taymda "Navbahor" nega ikkita hujumchi bilan o‘ynamadi? 

- Siz tribunada bormidingiz? Biz ikki forvard bilan harakat qildik. Iminjonov sof hujumchi. Biz maydonda 4 ta hujumchi bilan ham harakat qilishimiz mumkin, ammo 2 ta forvard bilan 4 ta qarshi hujum o‘tkazib yubordik. Yana 3 ta gol o‘tkazishimiz ham mumkin edi. Omad keldi. 

- Final o‘yinida chempionlik kutamiz!

- Birinchi navbatda muxlislardan yordam so‘rayman. Hozir ular futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Hozir juda katta bosim ostida qoldi, ular. Menimcha, ishqibozlar shunday bo‘lishi kerak. Og‘ir vaziyatda kim qanday ekanligi ko‘rinadi. Yutib turganingda, hamma zo‘r bo‘laveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!