
Men PSJni boshqarmayman!
PSJ xo‘jayinlari jamoaga yang bosh murabbiy topishga qiynalmoqda. Yaqinda Frantsiya futbolining afsonasi Zinedin Zidan parijliklarning taklifini rad etgandi.
Endi ikkinchi nomzod ham PSJni boshqarishdan bosh tortdi.
PSJ bosh murabbiyligiga taklif etilganlar orasida Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov ham bor edi.
Sky Sport Deutschland nashri jurnalisti Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Yoaxim Lyov klub miqyosida faoliyat ko‘rsatishga tayyor. Biroq 62 yoshli mutaxassis boshqa top-klub taklifini ko‘rib chiqmoqda va shu sababli Parijga borishni istamadi.
Germaniya uzoq vaqt boshqargan Yoaxim Lyov o‘tgan yili yozda lavozimidan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Fikrlar