Mendi "Chelsi"dan ketadi

  • 16 may, 2023, 05:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" posboni Eduard Mendi yozda o‘z klubini o‘zgartirishga qaror qildi, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri. U 2-raqamli darvozabon bo‘lib qolganidan rozi emas. Shu bilan birgalikda, senegallik futbolchi "aristokratlar" bilan yangi shartnoma borasida o‘tkazilgan muzokaralar jarayonida ham hafsalasi pir bo‘lgan. U Kepa bilan bir xil maosh olishni istardi. Ammo klub buni rad qildi. 

Tecno

Mendining keyingi manzili hozircha aniq emas. Unga Italiyada bir qancha takliflar borligi haqda mish-mishlar tarqalyapti. 

Eduard 2020 yilda yilda "Chelsi"ga "Renn"dan 24 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi. Shundan keyin 31 yoshli posbon londonliklar bilan Chempionlar ligasini yutdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!