Meni “Chelsi”ga majburan olib kelishdi

  • 15.01.2022 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” mutsaddilari tarkibdagi kadrlar muammosi tufayli ijaradagi o‘yinchilardan birini qaytardi.

Ular Braziliyaga jo‘natilgan himoyachi Robert Kenedini ijara muddati tugamay turib, Londonga chaqirib oldi.

Klubning zudlik bilan qabul qilgan bu qarori Kenediga yoqmadi. U mavsumni “Flamengo” klubida o‘tkazib, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi edi.

Bundan tashqari, “aristokratlar”ning kutilmagan qarori “Flamengo” xo‘jayinlariga ham yoqmagan.

Biroq, “Chelsi” qlgan ishini Kenedi “Flamengo”da kutilgan darajada ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bilan izohlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!