Asosiy mazmunga oʻtish

Merab Dvalishvili va Pyotr Yan oʻrtasidagi trilogiya muddati maʼlum

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Gruziyalik amaldagi chempionga qarshi trilogiya qachon bo‘lishini aytdi

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili amaldagi chempion Pyotr Yanga qarshi trilogiya qachon bo‘lishini aytdi.

"Revanshdan keyin UFC menga "Siz Yan bilan trilogiya o‘tkazasiz" dedi. Shundan so‘ng ancha tinchlandim. May oyida qaytishga umid qilgandim, biroq Pyotr operatsiya qilindi. O‘ylashimcha, endi jangimiz iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Chunki Yan ham iyul yoki avgust oylarida qaytishini ma’lum qildi", - deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania".

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili "UFC 323" turnirida Pyotr Yanga qarshi revansh o‘tkazib, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra yengilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q