Asosiy mazmunga oʻtish

"Mercedes" W17ening renderini ko‘rsatdi (Foto)

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

"Yangi qoʻidalar innovatsiyalarni va unumdorlikning barcha sohalarida mutlaq kontsentratsiyani talab qiladi"

Germaniyaning "Mersedes" jamoasi Formula-1-2026 mavsumida ishtirok etish uchun yaratilgan yangi W17 bolidining renderlarini namoyish etdi.

"2026 yilda Formula-1 katta o‘zgarishlarga uchraydi va biz bunga tayyormiz. Yangi qoidalar innovatsiyalarni va unumdorlikning barcha sohalarida mutlaq kontsentratsiyani talab qiladi. Bizning yangi avtomobil ustidagi ishlarimiz, shuningdek, PETRONAS bilan birgalikda uzoq muddatli dvigatel va ilg‘or ekologik toza yoqilg‘i turlarini ishlab chiqishimiz ushbu yondashuvni aks ettiradi.

W17 ning birinchi rasmlarini nashr etish bu jarayondagi keyingi qadam, xolos. U Briksvort va Breklidagi jamoalarimizning jamoaviy va tinimsiz sa’y-harakatlarini aks ettiradi. Kelgusi oylarda ham astoydil ishlashda davom etamiz", - deya jamoa rahbari Toto Volfning so‘zlarini keltiradi "Mersedes" matbuot xizmati.

Render of our 2026 F1 car the W17

Render of our 2026 F1 car the W17

Render of our 2026 F1 car the W17

Render of our 2026 F1 car the W17

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q