Mertens qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. U "Kamp Nou"ga bora oladimi?

  • 26 fevral, 2020, 18:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" forvardi Dris Mertens Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida "Barselona" (1:1) ga qarshi bahsda jarohat olgani tufayli, jamoaning navbatdagi uchrashuvlarida yordam bera olmaydi.

Tecno

32 yoshli hujumchi Serxio Buskets bilan to‘qnashib, oyog‘idan jarohat olgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, belgiyalik futbolchi 18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan javob bellashuvigacha jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ladi va u hozirda 10 kun vaqt mobaynida davolanadi.

Ma’lumot uchun, kuni kecha bo‘lib o‘tgan bahsda Mertens raqib darvozasini ishg‘ol etib, neapolliklar safidagi 121-golini urishga erishdi va Marek Gamshik bilan birgalikda jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!