Messi, Neymar va Suares yana bir jamoada birlashishi mumkin

  • 11.10.2025 13:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Inter Mayami" Braziliyaning "Santos" klubi hujumchisi Neymarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida hali muzokaralar boshlanmagan, biroq futbolchining vakillari AQShda o‘tkaziladigan Jahon chempionati arafasida bu transfer tijoriy jihatdan foydali bo‘lishini ta’kidlashgan. Ayni paytda mayamiliklar Messi va Suares bilan shartnomalarni uzaytirish ustida ishlamoqda. Argentinalik, braziliyalik va urugvaylik futbolchilar 2014–2017 yillar oralig‘ida "Barselona" safida birga to‘p surishgan.

Ma’lumot uchun, ushbu trio kataloniyaliklar tarkibida jami 364 ta gol urgan va 173 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!