Messi aniq bizda o‘ynaydi!

  • 18 aprel, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa muxlislari bilan uyushtirilgan uchrashuvda klub tarbiyalanuvchisi Lionel Messining Kataloniyaga qaytishini ma’lum qildi.

Tecno

Ispaniya chempionati doirasida “Xetafe”ga qarshi bahsdan keyin klub rahbari muxlislar savollariga javob qaytardi. Ular biri Messining “Barselona”ga kelishi haqida so‘radi. Laporta argentinalik yulduzni kelishini tasdiqlab, “ha” degan javobni berdi.

Avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklaridan Messining transferini amalga oshirishga ko‘maklashadigan homiy chiqqan edi.

Lionel Messining o‘zi PSJ bilan yangi bitim tuzishdan bosh tortmoqda. Unga Saudiya Arabistoni klublari ham katta maosh taklif qilyapti. Biroq, Messi o‘zini tarbiyalagan Kataloniya klubiga qaytish istagida ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!