Messi: Barselonaga qaytaman!

  • 6 fevral, 2023, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi hayotining katta qismini Barselona shahrida o‘tkazgan.

Tecno

35 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Messi kelajagi bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Argentinalik jahon chempioni faoliyatini qaerda davom ettirishdan qat’i nazar, butsasini mixga ilganidan keyin Barselonaga ko‘chib o‘tishini ta’kidladi.

- Professional futbolchilik faoliyatimni yakunlaganidan keyin Barselonaga qaytib boraman. Chunki bu shahar mening uyim, - dedi Lionel Messi.

“Barselona” klubi esa o‘zi tarbiyalagan yulduz uchun jamoa eshiklari doimo ochiq ekanini ta’kidlab keladi. Biroq, aksariyat manbalar Messi klubning hozirgi rahbariyatidan xafa ekani tufayli o‘yinchi sifatida sobiq jamoasiga qaytmasligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!