Messi bir urinishda liga to‘purariga aylandi: 19 ta o‘yinda 18 ta gol
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Monreal»ga qarshi o‘yinda jahon darajasidagi o‘yin namoyish etdi. U bir o‘yinda to‘rtta gol urib, yana bir golga assistentlik qildi.
Uchrashuv 7:1 hisobida «Inter Mayami» foydasiga yakunlandi.
Shu tariqa, 39 yoshli argentinalik yulduz joriy mavsumdagi gollar sonini 18 taga yetkazdi va MLS bombardirlar ro‘yxatida peshqadamga aylandi. U «Dallas» va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Peter Musani ortda qoldirdi. Musaning hisobida hozircha 16 ta gol bor.
Umuman olganda, Messi MLSning joriy mavsumida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, «gol+pas» tizimi bo‘yicha 27 ochko to‘pladi: 18 ta gol va 9 ta golli uzatma. Peter Musada esa shu ko‘rsatkich 18 o‘yinda 16 gol va 2 assistni tashkil etmoqda.

Fikrlar