Messi bu ishni qatorasiga 12 mavsumdan buyon uddalab kelmoqda

  • 22.02.2020 23:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Ispaniya La Ligasining 25-turidan o‘rin olgan “Barselona ” hamda “Eybar” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda 5:0 hisobida kataloniyaliklar g‘alaba qozonishdi. Lionel Messi esa raqib darvozasiga 4 ta gol urdi va o‘zining joriy mavsumdagi gollari sonini 23 taga etkazib oldi.

E’tiborlisi, 32 yoshli argentinalik futbolchi ketma-ket 12 mavsumdan buyon bir mavsumda 20 tadan kam gol urmayapti. U so‘nggi bor 2007/08 yilda 20 tadan kam gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!