Messi: "Bu xotira men bilan abadiy qoladi"

  • 25.06.2023 17:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining ettinchi "Oltin to‘p"i haqida gapirdi. 36 yoshli futbolchi 2021 yilda mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

“Bu haqiqatan ham ajoyib e’tirof bo‘ldi. So‘nggi "Oltin to‘p"ni Argentina bilan muhim muvaffaqiyatga erishganimizdan so‘ng, (Amerika kubogida g‘alaba qozonganimdan) keyin oldim. Bu men bilan qoladigan abadiy xotira”, - dedi Messi "beIN Sports"nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yilda ham “Oltin to‘p”ga nomzodlar orasida asosiy favoriti hisoblanadi. O‘tgan yilning oxirida Leo Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!