Messi “Chelsi”ga o‘tadimi?

  • 28.11.2020 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qishki transferlar vaqti yaqinlashgani sari Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi borasidagi savollar yana ko‘tarila boshladi.

Lionel Messi yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni yozda to‘xtatib qo‘yganidan beri, bu masalaga e’tibor qaratmayapti. Garchi Kuman argentinalik hujumchiga tayanishini bir necha bor aytgan bo‘lsa-da, Messining o‘zi istaklarini yashirib kelmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” rahbariyatining Messini olish haqidagi qarori tobora qat’iylashib bormoqda. Bu masalani klub xo‘jayini Roman Abramovich ham kuzatib bormoqda.

“Chelsi” qishki transferlar davrida Messi transferi bo‘yicha ishga kirishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!