Messi endi “Barselona” futbolchisi emas!

  • 31.08.2020 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi va “Barselona” o‘rtasidagi mojaro tobora chuqurlashib bormoqda. Klubda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va Kuman mashg‘ulotlariga kelishdan bosh tortgan argentinalik yulduz endi “Barselona” rahbariyatini La Ligada o‘ynamasligi haqida ogohlantirdi.

Messi ayni paytda o‘zini “Barsa” o‘yinchisi emasligini uqtirmoqda. Shuning uchun klub bazasiga kelishga majbur emasligini ta’kidlamoqda. U birinchi mashg‘ulotga etib kela olmasligi ma’lum bo‘lgan.

Agar Messi rahbariyatga qarshi bosh ko‘tarishda davom etsa, majburiyatlarini bajarmagani  va 11 kundan 30 kungacha  klub ixtiyoriga kelmagani uchun maoshining 25 foizidan ayrilishi mumkin. Messining bir kunlik maoshi 110 ming evroni tashkil qiladi.

Messining o‘zi ayni paytda klub oldida hech qanday majburiyati yo‘qligi uchun uni jazoga tortish noto‘g‘ri ekanini aytmoqda. 

Messining taqdirini hal qiladigan uchrashuv bo‘ladi

“Barselona” Messini bo‘ysundirish yo‘lini topdi

“Barselona” Messini tamoman sindirmoqchi

Messi muxlislariga xushxabar. Leo Bartomeuni “nokaut” qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!