Messi eng zo‘r sovrini qaysi ekanini aytdi

  • 23.09.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi uzoq yillik faoliyati davomida qo‘lda kiritgan sovrinlaridan eng muhimlari qaysi ekanini sanadi.

- “Oltin to‘p” – eng yaxshi e’tiroflardan. Lekin menga barcha sovrinlarni yutish nasib qilgan. Evropa Chempionlar ligasi, milliy chempionatlar, Amerika kubogi, jahon chempionati eng muhim sovrinlarimdan hisoblanadi.

Keyin individual sovrinlar keladi, ularni olish ham yoqimli jarayon, - dedi Lionel Messi.

Argentinalik yulduz faoliyati davomida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini eng ko‘p – etti marotaba qo‘lga kiritgan. Bu gal ham Messi ushbu nufuzli sovringa asosiy da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!