
Messi etakchiligidagi Argentina xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin
Lionel Messi sardorligidagi Argentina terma jamoasi xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin.
Bunga mamlakat prezidenti Xaver Mileyning sportga oid taklifi sabab bo‘ladi, deb xabar bermoqda AS nashri.
Manbaga ko‘ra, Miley Argentina prezidentligiga saylanganidan keyin milliy klublar sport aktsionerlik jamiyatiga aylanigi mumkinligini ta’kidladi va bu g‘oya tezkor amalga oshiriladigan islohotlar farmoniga kiritildi.
Bu hujjatga Argentina sport konfederatsiyasi qarshi chiqdi. Chunki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va FIFA qoidalariga ko‘ra, davlatning sport faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu kabi xatti-harakatlar Argentina terma jamoalarining Amerika kubogi va Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli sport anjumanlariga qo‘yilmasligiga asos bo‘ladi.
Fikrlar