
Messi gol urgan o‘yinda PSJ Yaponiya jamoasini mag‘lub etdi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan PSJ - "Kavasaki" uchrashuvi yakunlandi. Unda parijliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Frantsiyaliklar safida gollarga Messi va Kalimuendo mualliflik qildi. Yaponiyaliklar tarkibida yagona golni Yamamura kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs Yaponiyaning "Milliy stadion"ida bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar