Messi Gvardiola qilgan yangiliklarni aytib berdi

  • 06.12.2025 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi  va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni boshqarayotgan Xosep Gvardiolaning Evropa futboliga katta ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi ispaniyalik mutaxassisning faqat yutuqlari emas, balki uning ish uslubi ham futbolda chuqur iz qoldirganini qayd etdi.

- Xosep Gvardioda “Barselona”dan boshqa klublarga ketdi va g‘alaba qozonishda davom etdi. Gap faqat uning yutug‘ida emas, balki uning boshqaruvidagi jamoalar qanday o‘ynaganida.

Pep buni “Bavariya”da ham qildi. Garchi u Myunxen klubi bilan Evropa Chempionlar ligasini yuta olmagan bo‘lsa-da, Germaniyadagi o‘yin uslubini o‘zgartirishga erishdi.

Xuddi shu narsa Angliyada ham “Siti” bilan takrorladi va Premer-ligadagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirdi, - dedi Lionel Messi.

Xosep Gvardiola 2008-2012 yillar davomida “Barselona” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Keyingi uch mavsumni “Bavariya”da o‘tkazdi. 2016 yildan beri “Manchester Siti”da ishlab, qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!